AGL kompaniyasining saqlash xizmatlari

02.02.2026

AGL kompaniyasining saqlash xizmatlari

Bugungi kunda logistika tizimini omborxona xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yuklarni to‘g‘ri saqlash, nazorat qilish va o‘z vaqtida jo‘natish biznes jarayonlarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. AGL kompaniyasining saqlash xizmatlari mijozlarga xavfsiz, qulay va professional ombor logistikasini taklif etadi.

AGL zamonaviy ombor infratuzilmasiga ega bo‘lib, turli toifadagi yuklarni saqlash uchun moslashtirilgan. Omborlar yuklarning xususiyatidan kelib chiqib tashkil etilgan: palletlangan mahsulotlar, qadoqlangan yuklar, sanoat tovarlari va uzoq muddat saqlashni talab qiluvchi mahsulotlar uchun alohida zonalar mavjud. Har bir yuk turi uchun optimal joylashuv va saqlash tartibi belgilanadi.

Saqlash jarayonida xavfsizlik birinchi o‘rinda turadi. AGL omborlari 24/7 videokuzatuv, kirish-chiqish nazorati hamda yong‘inga qarshi tizimlar bilan jihozlangan. Bu yuklarning butunligi va xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi. Bundan tashqari, ombor ichidagi harakatlar maxsus WMS (Warehouse Management System) orqali boshqarilib, inson omili bilan bog‘liq xatolar kamaytiriladi.

AGL saqlash xizmatlarining muhim afzalliklaridan yana biri  moslashuvchanlik. Mijozlar qisqa yoki uzoq muddatli saqlash variantlarini tanlashi mumkin. Omborga qabul qilish, inventarizatsiya, qayta qadoqlash, markirovka va buyurtma asosida yuklarni jo‘natish kabi qo‘shimcha xizmatlar ham bor. Bu bilan kompaniyalar logistika jarayonlarini bitta ishonchli hamkor orqali boshqara oladi

Saqlash xizmatlari ko‘pincha 3PL va multimodal logistika bilan birlashtiriladi.. AGL yukni omborga qabul qilgandan so‘ng uni temiryo‘l, avtomobil yoki havo transporti orqali keyingi manzilga yetkazib berishni ham tashkil etadi. Bunday kompleks yondashuv vaqtni tejaydi va logistika xarajatlarini ozaytiradi.

AGL kompaniyasi saqlash xizmatlari savdo, ishlab chiqarish va distribyutorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun ayniqsa qulaydir . Tajribali mutaxassislar har bir mijoz ehtiyojini chuqur tahlil qilib, individual ombor logistika modelini ishlab chiqadi.

AGL – yangi formatdagi yuk tashish

📞 +998 55 518-19-00

🌐 agl.uz