Xavfli kimyoviy yuklarni chet eldan olib kelish oddiy logistika keysi emas. Bunday yuklar bilan ishlashda marshrut tanlash, hujjatlar, xavfsizlik talablari va transport nazorati alohida yondashuv talab qiladi. Shu sababli Germaniyadan O‘zbekistonga xavfli yuk tashish tajribali logistika operatorini talab qiladi. Bunda albatta 9 yildan ortiq tajribaga ega AGL logistika kompaniyasi ishonchli yordamchi bo’la oladi va o’z xizmatlarini taklif etadi. 2026-yil boshida biz o’z mijozlarimizdan biriga Germaniyadan O’zbekistonga xavfli kimyoviy moddalar olib kelishlariga ko’maklashdik. Bunda mas’uliyatni to’liq zimmamizga olgan holda yukni xavfsiz o’z egasiga topshirdik. Quyida shu haqida ikki og’iz aytib o’tamiz.
2026-yil boshida AGL logistika jamoasi tomonidan Germaniyaning Noymünster shahridan Toshkentga avtomobil transporti orqali yuk tashish amalga oshirildi.
Mazkur tashuv doirasida xavfli kimyoviy moddalar olib kelindi. Bunday toifadagi mahsulotlar xalqaro logistika amaliyotida alohida nazorat ostida tashiladi va ADR talablariga mos ravishda boshqariladi.
(ADR talablari haqida batafsil bilish uchun ustiga bosing)
Yo‘nalish: Germaniya, Noymünster – O‘zbekiston, Toshkent
Transport turi: Avtomobil transporti
Yuk turi: Xavfli kimyoviy moddalar
Yo‘lga chiqish sanasi: 6-yanvar 2026
Yetib kelish sanasi: 26-fevral 2026
Yuk umumiy hisobda 51 kun ichida manzilga yetkazildi. Xavfli yuklar bilan ishlashda tranzit muddati odatiy yuklarga qaraganda ko‘proq nazorat va ruxsat jarayonlarini talab qilishi mumkin.
Dangerous goods logistics yoki xavfli yuk logistika xizmati quyidagi yo‘nalishlarda yuqori aniqlikni talab qiladi:
yukning toifasini to‘g‘ri aniqlash
xavfsizlik qoidalariga mos qadoqlash
ADR talablariga mos transport vositasi tanlash
xalqaro tashuv hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish
tranzit yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish
Ko’plab brendlar o’z mahsulotlari logistikasi rejadan tashqariga chiqib ketmasligi uchun bunday ishlarni Professional logistika kompaniyalariga topshirishadi. Chunki, mahsulotlar bojxonada turib qolmasligi uchun tajribali kompaniya yordami kerak bo’ladi.
Avtomobil transporti orqali xavfli yuk tashish Yevropadan O‘zbekistonga olib kiriladigan ko‘plab yuklar uchun qulay yechim hisoblanadi. Sababi:
marshrutni moslashuvchan boshqarish mumkin
yukni terminaldan terminalgacha emas, manzildan manzilgacha yetkazish oson
nazorat va kuzatuv imkoniyati yuqori
maxsus yuklar uchun individual logistika rejalashtirish mumkin
Shu sababli Germaniyadan O‘zbekistonga avto yuk tashish ko‘plab sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlari uchun amaliy yechim bo‘lib xizmat qiladi.

Bojxona qo’mitasining rasmiy bayonotiga ko’ra 2025-yil davomida import hajmi 17.4% o’sgan va 1.1 mlrd AQSh dollariga yetgan. 2026-yil hisobi bo’yicha esa 160 mln AQSh dollariga yetgan.
Tadqiqot natijalariga koʻra, Germaniya bozorida eksportning raqobat ustunligiga ega boʻlgan (RCA ≥ 1,000) toʻqimachilik mahsulotlari (2022-yilda 16,6%), kiyim-kechak (15,7%), kimyoviy oʻgʻitlar (12,6%), sabzavot va mevalar (7,2%), rangli metallar (6,9%), noorganik kimyoviy moddalar (3,1%) talab yuqori boʻlgan mahsulotlar hisoblanadi.
Jumladan, oxirgi yillarda Germaniyadan O’zbekistonga choy import qilish sezilarli hajmni egallagan. Statistikaga ko’ra 2022-yil O’zbekistonga Germiyadan 1.9 tonna choy keltirilgan.
manba:
https://yuz.uz/uz/news/germaniyada-ozbekistonda-ishlab-chiqarilgan-qanday-mahsulotlarga-talab-yuqori#:~:text=Tadqiqot%20natijalariga%20ko%CA%BBra,bo%CA%BBlgan%20mahsulotlar%20hisoblanadi.
Bugungi kunda Yevropadan O‘zbekistonga yuk tashish, ayniqsa Germaniyadan import logistika ko‘plab bizneslar uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Kimyo, ishlab chiqarish, sanoat va texnik mahsulotlar bo‘yicha import hajmi oshgani sari, xavfli yuklar logistikasiga bo‘lgan ehtiyoj ham ortmoqda.
Jumladan, oxirgi yillarda Germaniyadan O’zbekistonga choy import qilish sezilarli hajmni egallagan. Statistikaga ko’ra 2022-yil O’zbekistonga Germiyadan 1.9 tonna choy keltirilgan.