Xitoydan O’zbekistonga liftlar yetkazib berildi | Temir orqali ishonchli yuk tashuvlar AGL bilan oson

12.03.2026

Xalqaro logistika jarayonida yuklarni tez, xavfsiz va barqaror yetkazib berish muhim. Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yuk tashish so‘nggi yillarda eng samarali logistika yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Quyida Arrow Green Logistics xalqaro logistika kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan lift yetkazib berish loyihalaridan biri haqida ma’lumot beramiz.

Xitoy – Toshkent yo‘nalishida temir yo‘l orqali yuk tashish

2026-yil boshida AGL logistika jamoasi tomonidan Xitoyning Sian shahridan Toshkentga temir yo‘l orqali yuk tashish amalga oshirildi. Ushbu logistika loyihasi doirasida yuklar 40 futlik konteynerlarda tashildi.

Yuk tarkibi sanoat infratuzilmasi uchun muhim bo‘lgan lift uskunalaridan iborat. Sanoat uchun ishlatiladigan yuklar odatda katta hajmni egallaydi va xavfsiz transportni tashuvini talab qiladi.  Shuning uchun bu turdagi yuklarga konteynerli temir yo‘l yetkazmasi optimal yechim hisoblanadi.

Tashuv tafsilotlari

Yuklar umumiy hisobda taxminan 49 kun ichida manzilga yetkazildi. Temir yo‘l logistikasida tranzit muddati ko‘plab omillarga – bojxona jarayonlari, tranzit davlatlar, temir yo‘l infratuzilmasi va konteyner oqimiga bog‘liq.

Nega temir yo‘l orqali yuk tashish samarali?

Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida temir yo‘l orqali konteyner tashish ko‘plab bizneslar uchun optimal variant hisoblanadi. Buning bir necha asosiy sabablari bor:

Ayniqsa, sanoat uskunalari, qurilish materiallari va texnik jihozlar kabi og‘ir yoki hajmli yuklar uchun temir yo‘l tashuvi eng maqbul logistika yechimlaridan biri hisoblanadi.

Xitoydan O‘zbekistonga logistika xizmatlari

Bugungi kunda Xitoydan O‘zbekistonga yuk tashish logistika sohasining eng faol yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ko‘plab kompaniyalar import yuklarini aynan shu yo‘l orqali olib kelmoqda. Temir yo‘l tashuvlari esa uzoq masofalarda katta hajmdagi yuklarni iqtisodiy jihatdan samarali tarzda yetkazib berishga yordam beradi.

Siz ham o’z biznesingizga logistika bo’yicha ishonchli hamkor qidiryapsizmi? Unda AGL

⭐️ Bog’lanish