Maqola xulosasi (summary): Maqolada 2026-yil uchun barqaror va ishonchli yuk tashish xizmatlari taklifi o’rin olgan. Arrow Green Logistics (AGL) O’zbekistondagi uzoq yillardan beri samarali ishlab kelayotgan logistika-yuk tashuv kompaniyasidir. Ular 2026-yil o’z mijozlariga quyidagi xizmatlarni taklif qilishmoqda: Avtoperevozki(avtomobillar orqali yuktashish xizmati), Aviaperevozki(aviatsiya ya’ni samalyotlar orqali yuk tashish xizmati), Temiryo‘l logistika orqali yuk tashish xizmati, Multimodal tashuvlar, Xavfli yuklar tashuvi, katta hajmli yuklar, proyekt logistikasi, konteynerlar, ombor, kross-doking, bojxona, 3PL va boshqa xizmatlar. Ularning bu xizmatlari haqida batafsil maqoladan yozilgan.
Logistika korxonaning ko’p jihatdan muvofaqiyatini belgilab beradi. Masalan, berilgan «deadline»larga rioya qilishlari uchun ishonchli logistika kompaniyasining yordami kerak bo’ladi. 2026-yil AGL aynan shu xizmatni taklif qiladi.
AGL (Allow Green Logistics) — 10 yildan ortiq tajribaga ega logistika kompaniyasi bo‘lib, Toshkentdan Markaziy Osiyo va xalqaro bozorlargacha to‘liq logistika zanjirini ta’minlaydi.
Biz faqat yuk tashimaymiz – biz jarayonni boshqaramiz, risklarni kamaytiramiz va natija uchun javob beramiz.
Avtotransport orqali yuk tashish tezkorlikni talab qiladigan bizneslar uchun eng muhim yo‘nalishdir. AGL avtoperevozkalarda ichki va xalqaro marshrutlarni chuqur tahlil qilgan holda eng maqbul yo‘l va transport turini tanlaydi.
Yuk hajmi kichik yoki katta bo‘lishidan qat’i nazar, FTL, LTL, maxsus platformalar orqali tashuv amalga oshiriladi. Har bir reys real vaqt rejimida kuzatiladi, mijoz yuk qayerda ekanini aniq bilib turadi.
Nega AGL?
O‘z transport parki va ishonchli hamkorlar
Marshrut va yoqilg‘i xarajatlarini optimallashtirish
Kechikishsiz yetkazib berish bo‘yicha real tajriba
Avia yuk tashish vaqt eng muhim bo‘lgan holatlarda tanlanadi. AGL aviapervozkalarda tezlik bilan birga hujjat aniqligi va xavfsizlikni ustuvor qo‘yadi.
Qimmat, shoshilinch yoki tez buziladigan yuklar ICAO va IATA standartlariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Yuk aeroportga topshirilganidan tortib manzilgacha yetguncha to‘liq nazorat ostida bo‘ladi.
Nega AGL?
Xalqaro aviayo‘nalishlar bilan ishlash tajribasi
Hujjat va bojxona jarayonlarida xatolarsiz yondashuv
Minimal tranzit vaqti
Katta hajmdagi va uzoq masofali yuklar uchun temiryo‘l logistikasi eng barqaror yechimdir. AGL temiryo‘l tashuvlarida vagon va konteyner asosida ishlaydi.
Bu yo‘nalish ayniqsa sanoat, qurilish va eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun qulay. Yuklar ob-havo yoki mavsumiy omillarga kam bog‘liq holda yetkaziladi.
Nega AGL?
Markaziy Osiyo temiryo‘l tizimini chuqur bilish
Barqaror jadval va prognoz qilinadigan muddatlar
Yirik hajmdagi yuklar bilan ishlash tajribasi
Multimodal logistika — bu bir nechta transport turlarini yagona tizimda boshqarish demakdir. AGL multimodal tashuvlarda avto + temiryo‘l + avia yoki dengiz kombinatsiyasini qo‘llaydi.
Bu yondashuv mijozga narx, muddat va xavfsizlik bo‘yicha optimal balans beradi. Eng muhimi — barcha jarayonlar bitta mas’ul kompaniya tomonidan boshqariladi.
Nega AGL?
Yagona koordinatsiya markazi
Ortiqcha xarajat va kechikishlarning oldini olish
Murakkab yo‘nalishlar bo‘yicha real tajriba

Xavfli yuklarni tashish qat’iy qoidalarga bo‘ysunadi. AGL ADR, IMDG va ICAO standartlariga mos holda to‘liq xavfsizlik choralarini ko‘radi.
Maxsus transport, sertifikatlangan mutaxassislar va ruxsatnomalar asosida tashuv amalga oshiriladi.
Nohajmli yuklar individual yondashuvni talab qiladi. AGL bunday yuklar uchun maxsus marshrut, texnika va ruxsatnomalarni oldindan rejalashtiradi.
Bu xizmat sanoat uskunalari, qurilish konstruksiyalari va yirik obyektlar uchun mo‘ljallangan.
AGL proyekt logistikasida “pod klyuch” tamoyili asosida ishlaydi. Rejalashtirishdan tortib yakuniy yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar nazorat qilinadi.
AGL zamonaviy WMS va TOS tizimlari (SOLVO) asosida:
konteyner texnik xizmatlari
ombor va saqlash
kross-doking
bojxona rasmiylashtiruvi
3PL autsorsing xizmatlarini taklif qiladi
Bu mijozga logistika xarajatlarini kamaytirish va jarayonlarni shaffof boshqarish imkonini beradi.