Germaniyadan O’zbekistonga xavfli kimyoviy moddalar yetkazildi | AGL xalqaro logistika kompaniyasi

26.03.2026

Germaniyadan O‘zbekistonga xavfli kimyoviy yuklar keltirildi

Xavfli kimyoviy yuklarni chet eldan olib kelish oddiy logistika keysi emas. Bunday yuklar bilan ishlashda marshrut tanlash, hujjatlar, xavfsizlik talablari va transport nazorati alohida yondashuv talab qiladi. Shu sababli Germaniyadan O‘zbekistonga xavfli yuk tashish tajribali logistika operatorini talab qiladi. Bunda albatta 9 yildan ortiq tajribaga ega AGL logistika kompaniyasi ishonchli yordamchi bo’la oladi va o’z xizmatlarini taklif etadi. 2026-yil boshida biz o’z mijozlarimizdan biriga Germaniyadan O’zbekistonga xavfli kimyoviy moddalar olib kelishlariga ko’maklashdik. Bunda mas’uliyatni to’liq zimmamizga olgan holda yukni xavfsiz o’z egasiga topshirdik. Quyida shu haqida ikki og’iz aytib o’tamiz.

Germaniya – Toshkent yo‘nalishida avto yuk tashish

2026-yil boshida AGL logistika jamoasi tomonidan Germaniyaning Noymünster shahridan Toshkentga avtomobil transporti orqali yuk tashish amalga oshirildi.

Mazkur tashuv doirasida xavfli kimyoviy moddalar olib kelindi. Bunday toifadagi mahsulotlar xalqaro logistika amaliyotida alohida nazorat ostida tashiladi va ADR talablariga mos ravishda boshqariladi.

(ADR talablari haqida batafsil bilish uchun ustiga bosing)

Loyiha tafsilotlari

Yuk umumiy hisobda 51 kun ichida manzilga yetkazildi. Xavfli yuklar bilan ishlashda tranzit muddati odatiy yuklarga qaraganda ko‘proq nazorat va ruxsat jarayonlarini talab qilishi mumkin.

Xavfli yuklarni tashishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Dangerous goods logistics yoki xavfli yuk logistika xizmati quyidagi yo‘nalishlarda yuqori aniqlikni talab qiladi:

Ko’plab brendlar o’z mahsulotlari logistikasi rejadan tashqariga chiqib ketmasligi uchun bunday ishlarni Professional logistika kompaniyalariga topshirishadi. Chunki, mahsulotlar bojxonada turib qolmasligi uchun tajribali kompaniya yordami kerak bo’ladi.

Nega xavfli kimyoviy yuklar uchun avto logistika tanlanadi?

Avtomobil transporti orqali xavfli yuk tashish Yevropadan O‘zbekistonga olib kiriladigan ko‘plab yuklar uchun qulay yechim hisoblanadi. Sababi:

Shu sababli Germaniyadan O‘zbekistonga avto yuk tashish ko‘plab sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlari uchun amaliy yechim bo‘lib xizmat qiladi.

Germaniyadan O’zbekistonga import hajmi qanday? Qaysi mahsulotlar ko’proq keltirilmoqda

Germaniyadan o'zbekistonga import hajmi 2026

Bojxona qo’mitasining rasmiy bayonotiga ko’ra 2025-yil davomida import hajmi 17.4% o’sgan va 1.1 mlrd AQSh dollariga yetgan. 2026-yil hisobi bo’yicha esa 160 mln AQSh dollariga yetgan.

Germaniyadan keltirilayotgan mahsulotlar

Tadqiqot natijalariga koʻra, Germaniya bozorida eksportning raqobat ustunligiga ega boʻlgan (RCA ≥ 1,000) toʻqimachilik mahsulotlari (2022-yilda 16,6%), kiyim-kechak (15,7%), kimyoviy oʻgʻitlar (12,6%), sabzavot va mevalar (7,2%), rangli metallar (6,9%), noorganik kimyoviy moddalar (3,1%) talab yuqori boʻlgan mahsulotlar hisoblanadi.

Jumladan, oxirgi yillarda Germaniyadan O’zbekistonga choy import qilish sezilarli hajmni egallagan. Statistikaga ko’ra 2022-yil O’zbekistonga Germiyadan 1.9 tonna choy keltirilgan. 

manba:

https://yuz.uz/uz/news/germaniyada-ozbekistonda-ishlab-chiqarilgan-qanday-mahsulotlarga-talab-yuqori#:~:text=Tadqiqot%20natijalariga%20ko%CA%BBra,bo%CA%BBlgan%20mahsulotlar%20hisoblanadi.

Germaniyadan O‘zbekistonga yuk tashish xizmatlari

Bugungi kunda Yevropadan O‘zbekistonga yuk tashish, ayniqsa Germaniyadan import logistika ko‘plab bizneslar uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Kimyo, ishlab chiqarish, sanoat va texnik mahsulotlar bo‘yicha import hajmi oshgani sari, xavfli yuklar logistikasiga bo‘lgan ehtiyoj ham ortmoqda.

Jumladan, oxirgi yillarda Germaniyadan O’zbekistonga choy import qilish sezilarli hajmni egallagan. Statistikaga ko’ra 2022-yil O’zbekistonga Germiyadan 1.9 tonna choy keltirilgan. 


AGL qanday qo‘shimcha logistika xizmatlarini taklif qiladi?

  1. 3PL xizmatlari
  2. Avtomobil yuki tashish
  3. Bojxona xizmatlari
  4. Havo yo‘li orqali tashish
  5. Katta o‘lchamli yuklar tashish
  6. Konteynerlarga texnik xizmat ko‘rsatish
  7. Kross-doking xizmatlari
  8. Loyihaviy logistika
  9. Multimodal tashishlar
  10. Qo‘shimcha xizmatlar
  11. Saqlash xizmatlari
  12. Temir yo‘l logistikasi
  13. Xavfli yuklar tashish