Logistika jarayonlarini to‘liq autsorsing qilish imkonini beruvchi 3PL operator xizmati. Biz mijozlarga o‘z biznesini rivojlantirishga e’tibor qaratishlari uchun transport, ombor va bojxona operatsiyalarini boshqarishni o‘z zimmamizga olamiz.
3PL (Third Party Logistics) - bu logistika jarayonlarini to'liq autsorsingga berish xizmati. Biz sizning biznesingiz uchun yuklarni qabul qilish, saqlash, qadoqlash, markirovkalash, buyurtmalarni shakllantirish va yakuniy iste'molchiga yetkazib berish (eshikdan eshikkacha) kabi barcha ombor va transport operatsiyalarini o'z zimmamizga olamiz. Hujjatlar rasmiylashtiruvi va inventarizatsiya AGL tomonidan nazorat qilinadi, bu esa sizga vaqtingizni tejab, faqat savdoni rivojlantirishga e'tibor qaratish imkonini beradi.
Biz mijozning butun logistikasini boshqarishni o‘z zimmamizga olamiz: qabul qilish va saqlash, yetkazib berish, buyurtmalarni qayta ishlash, qaytarishlar, hujjat aylanmasi.
Chakana savdo, elektron tijorat, farmatsevtika, ishlab chiqarish va distribyutsiya. 3PL logistikani mutaxassislarga ishonib topshirib, o‘z biznesiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan barcha korxonalar uchun mos keladi.
Ha, biz resurslarni - omborlar, xodimlar, transport vositalarini - mavsumga, talabga yoki chegirmali savdolarga qarab kengaytirishimiz mumkin. Bu ortiqcha yuklanishning oldini olish va xizmat ko‘rsatish barqarorligini saqlash imkonini beradi.
Biz teskari logistikani o‘z zimmamizga olamiz: qaytarishlarni qabul qilish, saralash, hisobga olish, hisobotlarni rasmiylashtirish. Turli vaziyatlarga (nuqsonli mahsulot, almashtirish, mablag‘larni qaytarish va hokazo) mos ravishda mijozning individual protokoli asosida harakat qilishimiz mumkin.
Hisobotlar muntazam ravishda taqdim etiladi, xatarlarni boshqarish bizning mas’uliyatimiz doirasiga kiradi.